Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida barpo etilgan mis konsentratini filtrlaş korpusida böldi.
3-mis boyitiş fabrikasi tarkibidagi korpus yiliga 917 ming tonnaga yaqin mis konsentrati işlab çiqariş quvvatiga ega. Zamonaviy sanoat press-filtrlari, nasos agregatlari, şlam va suv aylanma tizimlari örnatilgan. Uskunalar xalqaro standartlar asosida işlab çiqarilgan bölib, yuqori samaradorlik va energiya tejamkorligi bilan ajralib turadi.
Ayni vaqtda quriliş işlari töliq yakunlanib, korpusda umumiy 5 ta press-filtrdan 3 tasi töliq işga tuşirilgan, yana 2 tasi işga tuşirişga hozirlanmoqda.
Prezident matbuot xizmati qayd etişiça, şu yilning özida işga tuşadigan loyihalar hisobga olinsa, misni çuqur qayta işlaş quvvatlari 240 ming tonnaga yetadi. Yaqin ikki-uç yildagi yangi loyihalar hisobiga quvvatlar bundan ham oşadi.
Dunyoda ham mazkur xomaşyoga bölgan talab kundan kunga ortib borayotgani ta’kidlandi. Çunki mis bugungi kunda sanoat, energetika, elektrotexnika, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, «yaşil» taraqqiyot uçun strategik xomaşyoga aylanib böldi.
«Kimki mis sanoatida yuqori qiymat zanjirini yaratsa, kelajak sanoatini barpo etgan böladi. Qaysi davlat bu xomaşyoni çuqur qayta işlaş uçun kuçli infratuzilma yaratsa, u minglab oilalarga daromad, hududlarga taraqqiyot, mamlakatga qudrat olib keladi.
Şu bois, biz islohotlarimizning ilk kunlaridan geologiya-qidiruv işlariga alohida e’tibor qaratib, mavjud zaxiralar va ularni işga soliş böyiça imkoniyatlarimizni belgilab oldik», – dedi prezident.
Misol uçun, «Yoşlik-1» koni. Yaqin-yaqingaça köpçilik «Bu konni özlaştiriş qiyin, imkoniyatimiz yetmaydi, eplay olmaymiz» deb öylardi. Vaholanki, joriy yilning özida uşbu kondan 20 million tonna ruda qazib olinadi. Bu raqam kelgusi ikki yilda 60 million tonnaga yetadi.
Umuman, «Yoşlik-1» va «Qalmoqqir» konlarida 45 million tonna mis, 5 ming tonnadan ziyod oltin zaxirasi borligi ta’kidlandi. Uşbu zaxira sanoatga kamida 100 yilga yetadigan kafolatli xomaşyo bazasi böladi.
Konlardagi molibden, selen, tellur, reniy kabi noyob metallar yangi innovatsion yönalişlardagi loyihalar uçun mustahkam zamin yaratadi.













