Toşkent viloyati Olmaliq şahrida joylaşgan maktabda 10-sinf öquvçisi bölgan qiz vafot etdi. 

Sukut Saqlama (NeMolchi.uz) loyihasi farzandi marhuma bilan sinfdoş bölgan onaga asoslanib, uşbu öquvçining ölimiga kuçli stress oqibatida tromb hosil bölişi sabab bölgan. 

«Stressga esa içki işlar xodimlari iştirokida ötkazilgan yiğiliş sabab bölgan. Uşbu yiğilişni maktab ota-onalar qömitasi vakili boşqa bir öquvçi qizni himoya qiliş maqsadida taşkil qilgan.

Maktabda yuqori sinf öquvçisi bölgan bir qiz haqida noxuş miş-mişlar tarqalgan edi. Bu qiz ota-onalar qömitasi vakilining yo qarindoşi, yo tanişi bölgan. U yolğon bahona bilan içki işlar xodimlarini çaqirtirib, qizlarga qöpol ohangda, baland ovozda „ma’ruza“ öqiy boşlagan. Söngra miş-miş tarqatişda „gumon qilingan“ qizlarni suhbat uçun alohida xonaga çaqirişgan.

Xonada asosan erkaklar bölgan. Vafot etgan qiz suhbatga çaqirilganda juda kuçli stressni boşidan ötkazgan.

Mening farzandim ham şu yiğilişda edi. Men va köplab ota-onalar ğazabdamiz. Qanday qilib bolalarni ota-onalar va psixologlarni ogohlantirmasdan yiğiş mumkin? Qaysi huquq bilan bu ota-ona huquq-tartibot idoralari xodimlari (erkaklar) huzurida bizning bolalarimizga baland ovozda daşnom beradi, ustiga-ustak noqulay savollar berişga jur’at etgan öqituvçini işdan böşatiş bilan qörqitişga haddi siğadi?» – deya yozadi huquq faollariga murojaat qilgan manba.

U ma’muriyat va boşqa mutasaddi şaxslar bunga heç qanday munosabat bildirmayotgani, uşbu şaxs barçaga özining taniş-bilişlari bilan tahdid qilib, öquvçilar hayotiga aralaşişda davom etayotganini ta’kidlagan.

Hodisa yuzasidan Toşkent viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinişiça, voqea 2026 yil 28 yanvar kuni Olmaliq şahridagi 5-sonli umumta’lim maktabida yuz bergan. Maktabning 10-sinf öquvçisi  (2009 yilda tuğilgan) K. Ye. maktab yölagida huşini yöqotgan. Dastlabki tibbiy yordamlarga qaramay vafot etgan.

«Ayni paytda huquq-tartibot organlari tomonidan hodisa yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosalar rasmiy tekşiruvlar nihoyasiga yetgaç e’lon qilinadi», – deyiladi xabarda.

Örganiş işlari yakunlanganidan söng qöşimça ma’lumotlar belgilangan tartibda jamoatçilikka taqdim etilişi ma’lum qilinib, ungaça tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik, xolislik va qonun ustuvorligi tamoyillariga rioya qiliş söralgan.