Futbol bo‘yicha Ispaniya milliy jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi
Luis Enrike Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
49 yoshli mutaxassis oxirgi uchta o‘yinda oilaviy sabablar tufayli qatnasha olmagan, bu uchrashuvlarga jamoani uning yordamchisi Robert Moreno tayyorlagan edi.
Ispaniya futbol federatsiyasi rasmiy saytiga ko‘ra, bugun Moreno bosh murabbiy etib tasdiqlangan.
«Qizil furiya» Robertning qo‘l ostida Yevro-2020 saralashining Malta (2:0), Farer orollari (4:1) va Shvetsiyaga (3:0) qarshi o‘yinlarida g‘alaba qozondi.
41 yoshli Moreno bunga qadar «Roma», «Selta» va «Barselona» klublarida ham Enrikega assistent bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike JCh-2018dan keyin Ispaniya milliy jamoasi boshqaruviga kelgan edi.
Mavzuga oid
21:44 / 12.11.2024
Ispaniyaning qator hududlari kuchli yog‘ingarchilik xavfidan ogohlantirildi
14:30 / 12.11.2024
RF xavfsizlik kuchlari Ispaniyada uchuvchini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
17:58 / 10.11.2024
Ispaniyada ommaviy norozilik namoyishlari: aholi Valensiya hukumati iste’fosini talab qilmoqda
22:04 / 06.11.2024