Jamiyat | 21:24 / 22.06.2019
36420
1 daqiqa o‘qiladi

Oltinsoy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 22 iyun kuni Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Uni Surxondaryo viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib borgan.

Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, sessiyada tumanni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy baholanib, qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan birga mavjud muammolarni yechish, odamlarni o‘ylantirib, tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni hal etish borasidagi vazifalar tahlil qilingan. Qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan: Erkin Bozorovich Boyniyazov Oltinsoy tumani hokimi vazifasidan ozod qilingan. 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Alisher Turobovich Jumayev Oltinsoy tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Mavzuga oid