Temir yo‘llari kassalarida «bilet yo‘q»mi?

Foto: KUN.UZ
Temir yo‘l kassalarida arzon turdagi o‘ringa chipta so‘ralsa, faqatgina qimmat klassga bilet qolganini aytishadi. Bu haqida «XXI asr» gazetasida chop etilgan «Ishonmasangiz, sinab ko‘ring...» maqolasida bayon qilingan.
Maqoladagi murojaatchi Rahimjon Turdiyevning qayd etishicha, temir yo‘l kassalarida bilet olishda bir qancha muammolarga duch kelish mumkin.
«Navoiy shahar temir yo‘llariga borib arzon bilet so‘rab ko‘ring. «Bizda faqat biznes klass qoldi», degan qisqagina javobni eshitasiz. Eng qizig‘i boshqa, haligi gapni eshitib, sekin saytga kirib, falon yo‘nalishdagi poyezdda hali 150ta chipta bor ekan, boshqasida 30ta, bering o‘shandan desangiz, o‘xshamagan bahona topolmay, oxiri istagingiz bir zumda bajo keltiriladi», ─ deb yozadi u.
Ma'lum qilinishicha, poyezd vagonlarida «provodnik» larning pul evaziga yaxshiroq vagonga o‘tkazish taklifini bildirishlari holatlari ham uchraydi.
«Toshkent (shimoliy) temir yo‘l vokzalidagi kassirlarga «Iltimos, biz ikki kishimiz, yonma-yon joyga chipta bering», deng qani. Shu zahotiyoq kassir opalar qo‘rslik bilan «Menga kompyuterdan joylarning yonma-yonligi ko‘rinmaydi, aniqlolmayman», deb ikkita har xil o‘rindan chipta tutqazadi. Poyezd yura boshlagach esa yanada ajabtovur «savdo» ga guvoh bo‘lasiz: vagon kuzatuvchilari yoningizga kelib, 60 mingdan bersangiz, biznes klassga o‘tkazib qo‘yaman, deganini eshitib, yoqangizni ushlaysiz...» ─ deyiladi maqolada.
Ushbu masalalarga oydinlik kiritish maqsadida Kun.uz tahririyati jurnalistik surishtiruvini o‘tkazadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi
Jahon | 16:01
-
O‘zbekistonlik yosh mutaxassislar Germaniyadagi korxonalarga ishga jalb etiladi
O‘zbekiston | 15:50
-
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi
Jahon | 15:41
-
Malayziya O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston | 15:28
Mavzuga oid

21:16 / 26.07.2023
Jazirama issiq tufayli poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

21:35 / 11.05.2022
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi tiklanmoqda

21:07 / 17.04.2022
Afg‘oniston «O‘zbekiston temiryo‘llari» bilan hamkorlikni to‘xtatishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar rad etildi

09:57 / 04.02.2022