Prezident Şavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uçraşuvida ta’kidlanişiça, mazkur çora teatrlar faoliyatini rağbatlantiriş, sahna asarlari sifati va tomoşabinlar sonini oşirişga xizmat qiladi.

Yangi tartibga köra, davlat va xususiy teatrlar sotilgan har bir bilet uçun budjetdan qöşimça 10 ming sömdan mablağ oladi. Masalan, agar teatr tomonidan mingta çipta sotilsa, unga qöşimça 10 million söm ajratiladi.

Şuningdek, teatr jamoalari spektakllarni hududlarda namoyiş etgan taqdirda, har bir sotilgan çipta uçun tölanadigan gonorar miqdori 20 ming sömni taşkil etadi.

Uçraşuvda xususiy teatrlarni qöllab-quvvatlaş böyiça qator yangi imkoniyatlar ham e’lon qilindi. Xususan, 1 sentabrdan boşlab xususiy teatrlar va teatr-studiyalariga har yili 50 ta sahna asari yaratiş xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Şuningdek, davlat madaniyat obektlaridan bepul foydalaniş imkoniyati yaratiladi, xususiy binolarni ijaraga olgan teatrlarga esa oyiga 20 million sömgaça kompensatsiya tölab beriladi.

Prezident mazkur çora-tadbirlar mamlakatda teatr san’atini yanada rivojlantiriş, ijodiy raqobat muhitini kuçaytiriş va aholining madaniy hayotdagi iştirokini kengaytirişga xizmat qilişini ta’kidladi.