Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekinvest» raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Rustam Baxtiyorovich Xoliqov «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi direktorlar Kengashining 2019 yil 20 iyundagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq «O‘zbekinvest» EIMSK bosh direktorining eksport oldi va eksport sug‘urtasi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati xabar bermoqda.
Rustam Xoliqov bunga qadar «Xalq sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi Bosh direktori lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil yozida bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Rustam Azimov «O‘zbekinvest»ga rahbar etib tayinlangandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi 4337-sonli «Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq kompaniya tuzilmasida bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilgan edi.
Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari xizmat vazifasi eksportni sug‘urtalash orqali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompaniya faoliyatini muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.12.2025
«O‘zbekinvest» kompaniyasi «Yashil makon» dasturi doirasida Qibray tumanidagi park-bog‘ni kengaytirdi
12:45 / 15.12.2025
"O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan keng qamrovli “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
09:59 / 14.11.2025
«O‘zbekinvest» kompaniyasi milliy shkala bo‘yicha to‘lov qobiliyati va ishonchlilikning eng yuqori darajasi - «AAA» reytingiga sazovor bo‘ldi
10:00 / 27.10.2025