Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston hukumati ijtimoiy zaif fuqarolarning kredit qarzlarini to‘lab beradi
Qozog‘iston hukumati ijtimoiy zaif qatlamga mansub fuqarolarning 300 ming tengegacha (790 dollar atrofida) bo‘lgan iste'mol krediti qarzlarini to‘lab beradi. Bu boradagi tegishli farmon mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan imzolandi.
Farmonda aytilishicha, ko‘p bolali oilalar, boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa oluvchi oilalar, nogiron farzandlari bor oilalar, bolaligidan nogiron bo‘lgan yoshi 18dan kattalar, davlatdan manzilli ijtimoiy yordam oluvchilar, yetimlar, ota-ona qaramog‘isiz qolgan yigirma to‘qqiz yoshgacha bo‘lganlar, voyaga yetguniga qadar ota-onasini yo‘qotganlar ushbu toifaga mansub deb hisoblanadi.
Mazkur farmon kredit bo‘yicha umumiy qarzi 2019 yil 1 iyun holatiga uch million tengedan (7,9 ming dollar) oshmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Farmonda aytilishicha, 2019 yilning 1 iyun holatiga qarzdorning asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlardan iborat bo‘lgan qarzning to‘lab beriladigan miqdori bir qarzdorga 300 ming tengegacha bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:43 / 25.05.2026
Tadbirkorlar uchun yangi raqamli moliyaviy tizim taklif qilindi
14:21 / 23.04.2026