Markaziy bank: O‘zbekistonning tashqi qarzi 20 mlrd dollarga yaqinlashdi
Markaziy bank 2019 yilning I choragi uchun O‘zbekistonning to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzini e'lon qildi.
Umumiy qarzning 11,7 milliard dollari davlat, 7,3 milliard dollari esa xususiy qarzlardan tashkil topgan. Davlat tashqi qarzi davlat tomonidan jalb qilingan qarz va davlat kafolati ostida olingan qarzdan iborat. Xususiy tashqi qarz xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning, shu jumladan davlat korxonalarining, davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarzidan iborat.
2017—2018 yillarda xususiy sektor qarzdorligining qisqartirishi kuzatilgan edi. 2019 yil birinchi choragidan esa banklar va iqtisodiyotning boshqa sektori korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 121,3 million dollarga oshdi. Qarzdorlikning o‘sishi asosan davlat sektoriga (1,7 milliard dollar), shundan 1 milliard dollari xalqaro obligatsiyalarga to‘g‘ri keldi.
2019 yilning birinchi choragida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 361,3 million dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar tomonidan — 326,7 million dollar, to‘qimachilik sektori korxonalari tomonidan — 4,7 million dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari tomonidan — 29,8 million dollar amalga oshirildi.
Bundan avvalroq O‘zbekistonning tashqi qarzi 17,3 milliard dollarga yetgani haqida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
18:09 / 05.11.2024