Özbekiston Respublikasi taşqi qarzining umumiy hajmi 2018 yil boşidan 9,5%ga yoki 1,5 mlrd. dollarga oşgan holda 2019 yil 1 yanvar holatiga 17,3 mlrd. dollarni taşkil qildi. Bu Özbekiston Markaziy bankining Özbekiston Respublikasining tölov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va taşqi qarzi töğrisidagi ma'lumotlarida aks etgan.
Qayd etilişiça, umumiy taşqi qarz tahlili şuni körsatdiki, 2012-2015 yillar davomida qarzdorlikning ösişi ham davlat ham xususiy sektorlarda kuzatilgan. Ammo, 2016 yildan boşlab, xususiy sektor tamonidan qarzlarning söndirilişi ularning jalb qilinişidan ustunlik qilgan va baholaşlarga köra bu dinamika 2019 yil oxiriga qadar davom etadi.
2018 yilda qarzdorlikning ösişi davlat sektoriga töğri kelib (2,5 mlrd. dollar), xususiy sektor qarzdorligi 997,3 mln. dollarga kamaydi. Şunday qilib, yangi qarzdorliklarning jalb qilinişi evaziga davlat taşqi qarzi ösiş sur'atini saqlab qoldi.
“2018 yilda davlat sektori taşqi qarzlarining ösiş sur'ati ötgan yilga nisbatan oşgani kuzatilib, mavjud ma'lumotlar asosida ösiş sur'atining joriy tendensiyasi kelasi yilda ham saqlanib qolişi kutilyapti. Bu holat davlat rivojlaniş dasturlarini moliyalaştiriş uçun jalb qilinayotgan yangi qarzdorliklar bilan tuşuntirilişi mumkin”, deyiladi hisobotda.
2018 yili xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 866,1 mln. dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzdorlikni jalb qiliş asosan banklar tomonidan – 588 mln. dollar, neftegaz va energetika sektori korxonalari tomonidan – 76 mln. dollar, tekstil sohasidagi korxonalar tomonidan – 57 mln. dollar va iqtisodiyotning boşqa sektori korxonalari tomonidan – 145,1 mln. dollar amalga oşirildi.
Şuningdek, körilayotgan davr uçun xususiy taşqi qarz böyiça 1,3 mlrd. dollar miqdorda asosiy qarz va 366,6 mln. dollar miqdorda foiz tölovlari amalga oşirildi, davlat taşqi qarzlari böyiça esa mos ravişda – 397,7 mln. dolllar va 151,3 mln. dollar tölandi.
Şu bilan birga, asosiy qarz söndirilişining asosiy qismi neftegaz va energetika sektorlariga (862,2 mln. dollar), şuningdek bank sektoriga (192,8 mln. dollar) va telekomunikatsiya sektoriga töğri keladi. Neftegaz va energetika sektori korxonalari tomonidan 296,7 mln. dollar miqdorida foiz tölovlari amalga oşirilgan bölsa, bank sektori tomonidan amalga oşirilgan foiz tölovlari 42,6 mln. dollarni taşkil etdi.












