Propiskaga oid petitsiyani e'lon qilish rad etildi

2019 yil aprelida huquqshunos va bloger Xushnud Xudayberdiyev «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska rejimini bekor qilish to‘g‘risidagi murojaat joylashtirgandi.
U bugun, 28 iyun kuni bu murojaat natijasi bo‘yicha ma'lumot berdi.
«O‘sha petitsiyaga moderator tomonidan rad javobi berilgan. Ya'ni petitsiya ovozga ham qo‘yilmadi. Boshqacha aytganda mening fikrim «tug‘ilmayoq bo‘g‘ildi».
Rad qilishning asosi sifatida balandparvoz gaplar yozilgan. Aytishlaricha, doimiy propiskani soddalashtirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinayotgan emish, shu sababli mening petitsiyamni e'lon qilish rad etilganmish.
Vaholanki, men propiskani soddalashtirishni emas, bu tizimni butunlay bekor qilishni so‘raganman. Bu ikkalasi mazmunan boshqa-boshqa narsalar ekanligini tushunish qiyin emas.
Moderator javobining so‘nggida quyidagicha deyiladi:
«Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda ushbu sohada islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligini hisobga olgan holda, 2019 yil 2 fevraldagi «Mening fikrim» veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaat qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq, «Mening fikrim» veb-portaliga elektron jamoaviy murojaatni joylashtirish yoki joylashtirishni rad etish haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlari va moderator vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan Ishchi komissiya tomonidan murojaatingiz «Mening fikrim» veb-portaliga joylashtirilishi maqsadga muvofiq emas, deb topildi».
Lekin xulosada Nizomning aynan qaysi bandi bo‘yicha rad qilinganligi aytilmagan. Bunga hayron qolmasa ham bo‘ladi, chunki Nizomda rad qilish asoslari aniq sanalgan bo‘lib, mening petitsiyam ularning birortasiga tushmaydi. Qanday asos bilan rad qilayotganini o‘zlari ham bilishmaydi.
Avvalroq «Mening fikrim» portalida Nizomdagi muddatlarga rioya qilmaslik holati muntazam uchrab turgani haqida ham ma'lumot bergandim.
Xullas, bu portaldan ko‘nglim qoldi. Faqat rahbarlarga yoqadigan petitsiyalarni o‘tkazib, sal yoqmaydigani chiqib qolsa, asossiz rad qiladigan bo‘lishsa, bunaqa portaldan kimga nima foyda?
Yodingizda bo‘lsa, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qilish, buning uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jumladan, Internet tarmog‘ida maxsus «maydon»lar yaratish zarurligini ta'kidlab o‘tgan edilar.
«Mening fikrim» portali ham shu tashabbus ortidan ochilgandi. Davlatimiz rahbarining ushbu maqsadi «xalq - qonunlarning asosiy ijodkori bo‘lsin» degan prinsip ustiga qurilgandi.
Ammo propiska haqidagi petitsiyaning asossiz rad qilinganini ko‘rib, aytish mumkinki, portalni yuritayotganlar, nazorat qilayotganlar o‘zlarining asossiz senzuralari orqali xalqning fikrini bo‘g‘ishmoqda, faqat o‘zlariga yoqadigan jamoaviy murojaatlarni o‘tkazib, sal yoqmaydiganlari chiqib qolsa, rad etishib, ko‘zbo‘yamachilik bilan shug‘ullanishmoqda. Prezidentning ishonchi hayf Sizlarga!», deydi Xushnud Xudayberdiyev telegramdagi kanali orqali.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 08.04.2025
-
Rossiya aviakompaniyalariga chet el samolyotlarini ekipaji bilan birga ijaraga olishga ruxsat berildi
Jahon | 23:40 / 08.04.2025
-
8 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:57 / 08.04.2025
-
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Mavzuga oid

23:05 / 13.02.2025
Daniyada Kaliforniyani sotib olish to‘g‘risidagi petitsiya 200 mingdan ziyod imzo to‘pladi

16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda

13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi

18:51 / 13.08.2024