Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haftar armiyasi Liviyaga yaqinlashuvchi turk kemalariga hujum qilishga buyruq oldi
Foto: REUTERS
Liviya milliy armiyasi harbiylari Tripoliga uchuvchi turk fuqarolik samolyotlari uchun osmonni yopishni va Liviya sohillariga yaqinlashuvchi turk kemalariga hujum qilishga buyruq oldi. Bu haqda milliy armiya rasmiy vakili Ahmad al-Mismariy ma'lum qildi.
Al-Mismariy matbuot-anjumanda turk harbiylarini Tripoli uchun janglarda Fayoz Sarroj boshchiligidagi milliy kelishuv hukumati tomonda ishtirok etayotganlikda ayblagan. Uning aytishicha, turk uchuvchisiz qurilmalari Garyan shahrini egallashda qo‘llangan.
“Liviya armiyasi marshali Halifa Haftar harbiy-havo kuchlari shtabi qo‘mondonligiga Turkiyadan kelayotgan kemalarga Liviya suv hududlariga kirishi bilan hujum qilishni buyurdi”, deb aytgan al-Mismariy.
Shuningdek, Tripoliga parvoz qilayotgan turk fuqarolik samolyotlari uchun Liviya osmonini yopish buyurilgan hamda Liviya samolyotlariga Turkiyaga uchish taqiqlangan.
Haftar kuchlari 28 iyunda Tripoli atrofida milliy kelishuv hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar dronini urib tushirdi. Milliy armiya shtabida dron Turkiyada ishlab chiqarilgani ma'lum qilingan.
27 iyunda Sarroj boshchiligidagi kuchlar Garyan shahrini Haftar kuchlaridan tortib olgan. Shahar milliy armiya kuchlari tomonidan aprelda egallangandi.
Mavzuga oid
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026