Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron xitoylik turistlar uchun mamlakatga vizasiz rejimni ma'qulladi
Eron Islom Respublikasi hukumati Xitoy Xalq Respublikasidan mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun vizasiz rejimni ma'qulladi. Bu haqda «Sinhua» agentligi Eron madaniy meroslar, xalq hunarmandchiligi va turizm tashkiloti rahbari Vali Temuriydan iqtibos keltirib xabar bermoqda..
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronga kirish uchun «xitoylik turistlardan ortiq viza talab qilinmaydi».
O‘tgan haftada Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ichki ishlar vaziriga mamlakatga kirib kelayotgan xorijlik sayyohlarning pasportiga kirish haqidagi qaydni bildiruvchi muhrni bosmaslik masalasini hal qilish topshirig‘ini bergan edi. Bunday yo‘l xorijlik sayyohlarga Eronga kirishni yengllashtirish va kelgusida buning uchun AQSh tomonidan qandaydir sanksiyalarga duchor bo‘lish xavfini kamaytirish uchun tutilgan.
O‘tgan yili AQSh hukumati ayrim davlatlar, jumladan Eronga borgan shaxslarga nisbatan AQShga kirishda ma'lum bir cheklovlar qo‘llanilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Rasmiy manbalarga ko‘ra, 2018 yilda Eron Islom Respublikasiga 7,8 million xorijlik sayyoh kirib kelgan. Tehronning rejalariga ko‘ra, 2025 yilga borib Eron har yili o‘z hududiga xorijdan kamida 20 millionta sayyohni qabul qila boshlaydi.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026