Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston benzinining birinchi partiyasi O‘zbekistonga jo‘natilishi mumkin
Foto: RIA Novosti
O‘zbekiston Qozog‘iston benzinini qabul qilib oladigan birinchi mamlakatga aylanadi. Bu haqda Kazenergy bosh direktori Bolat Akchulakov LS’ga xabar berdi.
Olmaotada bo‘lib o‘tgan «Argus Qozog‘iston va Markaziy Osiyo neft-gaz bozori 2019» xalqaro konferensiyasi doirasida suhbatdoshning aytishicha, joriy yil iyul oyida yoqilg‘i birinchi partiyasini jo‘natish rejalashtirilgan.
«Barcha benzin jahon narxlarida eksport qilinadi. Uni arzon narxda sota olishmaydi. Hammasi transfert shartlarida ishlay boshlaydi. Ehtimol, Qozog‘iston benzinini yetkazib berish iyulda boshlanadi. Birinchi partiya, mening fikrimcha, O‘zbekistonga jo‘natiladi», - deya aniqlik kiritgan Akchulakov.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston bilan hozircha faqat yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti.
Bundan oldin, O‘zbekiston qozoq benzinini import qilishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:04 / 06.01.2026
Buxoroda AI-95 deb sotilgan benzin avtomobilni buzib qo‘ydi
15:22 / 30.12.2025
Rossiya benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni to‘rtinchi marta uzaytirdi
13:14 / 04.12.2025
AYoQShda neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi
17:20 / 22.11.2025