Qozoğiston benzin mahsulotini Özbekistonga eksport qiliş uçun barça şaroitlar yaratildi, mamlakatga import benzin kirib kelişi esa kelasi haftadan boşlanişi mumkin. Bu haqda Qozoğiston Energetika vaziri Qanat Bozumbayev ma'lum qildi.
«Iyundan buyon benzin eksportini amalga oşiriş uçun barça şaroitni yaratdik, bu amaliyot kelasi haftadan boşlanişi kerak», — deydi vazir.
Qozoğiston benzinni YevroOsiyo iqtisodiy hamkorligiga a'zo bölmagan davlat — Özbekistonga eksport qilmoqçi. Ta'kidlanişiça, qozoq benzini Atirau neftni qayta işlaş zavodidan eksport qilinişi kutilmoqda.
Joriy yil aprelda Qozoğiston prezidenti Qosim Jomart Toqayev Özbekiston bilan energetika sohasidagi hadli bitimni imzolagandi. Unga muvofiq, Özbekistonga neftni qayta işlaş zavodlari uçun xom neft yetkazib beriş, kuz-qiş davrida Qozoğiston janubini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta'minlaş, Özbekiston Respublikasi gaz-transport tizimining tranzit salohiyatini özaro rivojlantiriş va neft-kimyo loyihalarini amalga oşiriş hamda ulardan foydalaniş böyiça tajriba almaşişga imkoniyat paydo böladi.












