Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuraturada yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatidagi o‘zgarishlar ortidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bosh prokuratura bosh tuzilmasida to‘rtta rahbarlik lavozimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
YouTube
Tas-IX
Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Mirsafayev, Bosh prokuratura Ichki xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i Najimaddin Jolamanov, Bosh prokuratura Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Rustam Hayitov hamda Bosh prokuratura Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i BahromToshtemirov lavozimlaridan ozod etilgan.
O‘z navbatida bo‘sh qolgan lavozimlarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘i bilan yangi rahbarlar tayinlangan.
Xususan, Nodirbek Nu'manovich Boytemirov Bosh prokuratura Ichki xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Nodirbek Boytemirov 1973 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995 yilda Farg‘ona shahar prokuraturasida ish o‘rganuvchi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni ta'minlash inspeksiyasi boshlig‘i, Xorazm viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. U shu vaqtga qadar Oliy Majlis Senati devoni bo‘lim mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Sirdaryo viloyati prokuraturasi fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta'minlash bo‘limi prokurori sifatida ishlab kelgan Sodiqjon Rahimovich Nazarov Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sodiqjon Nazarov 1961 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 1985 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1992 yilda Sirdaryo tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi sifatida boshlab, Sharof Rashidov, Xovos, Sardoba, Sayxunobod tumanlari prokurori, Bosh prokuratura va Sirdaryo viloyat prokuraturasining turli lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Bosh prokuratura Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shavkatjon Jo‘rayevich Rahimov mazkur boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shavkatjon Rahimov 1968 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1996 yilda Norin tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan To‘raqo‘rg‘on tumani prokurori, Namangan viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i, Bosh prokuraturada boshqarma katta prokurori sifatida faoliyat olib borgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Sodiqjon Alijonovich Berdialiyev Bosh prokuratura Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.
Sodiqjon Berdialiyev 1976 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2000 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012 yili Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2000 yilda Andijon shahar prokuraturasi ish o‘rganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Andijon shahar prokurori, Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari, Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Otabek Murodov O‘zbekiston bosh prokurori lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev egallagandi. Prokuratura tizimida yana iste'folar va yangi tayinlovlar bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:49 / 23.04.2021
«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida
14:18 / 23.04.2021
2020 yilda 106 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Bosh prokuratura
23:28 / 17.07.2020
BMT maxsus ma'ruzachisining O‘zbekiston prokuraturasi haqidagi xulosalari e'lon qilindi
08:27 / 30.06.2020