Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yangi vakolat berildi
Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan baholash tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va baholovchilarni toifalash Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ilgari mazkur faoliyat Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan litsenziyalangan.
Baholash bu obektlarning qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyatdir.
2019 yil 1 dekabrgacha mulkchilik shaklidan qat'i nazar obektlarni baholashning yagona milliy standarti tasdiqlanadi. 2019 yil 1 avgustdan baholovchilar toifalab boriladi.
Toifalash natijalari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi va Baholovchilar jamiyatining veb-saytlarida e'lon qilib boriladi.
2020 yil 1 yanvardan baholash tashkilotlarining reytingi joriy etiladi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026