Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda O‘zbekistonning ikki fuqarosi vafot etdi
Foto: Wikimedia Commons
O‘zbekiston bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yil 27 iyun kuni Istanbul shahrida (Turkiya) 1993 yil 22 mayda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi Akmal Ravshanovich Mamirjanov vafot etgan. A.Mamirjanovning sog‘ligi u basseynga borgan paytda yomonlashgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, 2019 yilning 30 iyun kuni Istanbul shahrida velosipeddan yiqilish natijasida boshidan jarohatlanishi oqibatida 1967 yil 5 fevralda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Zulfiyaxon Davlatovna Sharafuddinova ham vafot etgan.
Bosh konsulxona qayd etilgan holatlarni nazoratga olgan va vatandoshlarning jasadlarini dafn etish uchun vatanga jo‘natish borasida ularning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatdi.
Konsullik-huquqiy departament marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.
Mavzuga oid
17:49 / 21.04.2026
Turkiya ta’lim dasturlariga o‘zbek–turk do‘stligini urg‘ulovchi qo‘shimchalar kiritildi
14:08 / 21.04.2026
Turkiyada o‘qotar qurol nazorati kuchaytiriladi
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026