Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga naqd pulni inkassatsiya qilish bo‘yicha yengillik berildi
Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, kiritilgan qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:
savdo sub'yektlarining kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq bo‘lganda bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshirishni;
kunlik tushum eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan kam bo‘lganida bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil topshirishni.
Ilgari kunlik tushum miqdoridan qat'i nazar savdo sub'yektlari naqd pulni inkassatsiya punktlariga (banklar kassalariga) har kuni inkassatsiya qilishi kerak edi.
Mavzuga oid
07:50 / 04.05.2026
O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknotdan eng ko‘p foydalanilmoqda
20:38 / 31.03.2026
Moskvada 7 yoshli qiz 88 ming dollarni tashlab yubordi
13:30 / 12.02.2026
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil xaridi 1 apreldan naqd pulsiz shaklga o‘tadi
17:52 / 28.07.2025