Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda “murda” tirilib ketdi
Foto: Getty Images
Hindistonning Lakxnau shahrida bir erkak tiriklayin dafn qilinishiga bir baxya qoldi. Bu haqda NDTV portali xabar berdi.
Furkan Muhammad yo‘l-transport hodisasiga uchragach, xususiy klinikaga yetkazilgan. Jabrlanuvchining ukasi Irfon Muhammadning aytishicha, uning oilasi akasining davolanishi uchun 3 kunga 700 ming rupiy to‘lagan.
“Bizda pul yo‘qligini aytganimizdan keyin ular akamni o‘lgan deb e'lon qilishdi”, deb aytgan Muhammad.
Shundan keyin erkakning yaqinlari uning dafnini tashkillashtirishgan. Biroq dafn marosimi vaqtida ba'zilar murdaning qo‘l-oyoqlari qimirlayotganini sezib qolishgan. Shundan keyin erkak darhol shifoxonaga yetkazilgan va u yerda shifokorlar erkakning tirik ekanligini tasdiqlashgan. Erkak darhol o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasiga ulangan.
“Bemor og‘ir ahvolda edi, u aniq o‘lmagan. Unda puls, qon bosimi bor, reflekslar ishlamoqda”, deb aytgan shifokor.
Ta'kidlanishicha, ushbu voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
17:57 / 01.04.2026