Jahon | 20:52 / 08.07.2019
7537
1 daqiqa o‘qiladi
Arab koalitsiyasi Qizil dengizda xusiylarning hujumini qaytardi
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Qizil dengizda Yamandagi xusiy isyonchilarining hujumini qaytardi. Bu haqda SPA agentligiga koalitsiyaning rasmiy vakili Turki al-Malikiy xabar qildi.
"Koalitsiya kuchlari xusiylar terrorchi guruhi tomonidan yo‘naltirilgan minalashtirilgan kemani to‘xtatib qoldi va yo‘q qildi", - dedi al-Malikiy.
U xusiylarni kemalarga tahdid soluvchi teraktlar rejalashtirishda aybladi.
Yamanda hukumat va "Ansar Alloh" xusiylar harakati o‘rtasidagi nizolar 2014 yildan buyon davom etmoqda. 2015 yil martdan buyon Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi hukumat tarafini olib harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
10:40 / 31.10.2024
Husiychilar Qizil va Arab dengizlarida uchta kema nishonga olingani haqida xabar berdi
14:51 / 03.09.2024
Husiychilar Qizil dengizda ikkita neft tankeriga hujum qildi
11:01 / 26.08.2024
AQSh: Qizil dengiz husiychilar hujumlari tufayli falokat yoqasida turibdi
15:37 / 16.07.2024