Yamanning «Ansor Alloh» isyonçi harakatidan husiyçilar Qizil dengizdagi AQŞ harbiy kemalariga hujum qildi. Bu haqda husiyçilar tomonidan tuzilgan qurolli kuçlar vakili Yahyo Sariya özining Telegramʼdagi kanalida ma’lum qildi.
Uning qayd etişiça, raketa kuçlari, uçuvçisiz aviatsiya va dengiz kuçlari qöşma operatsiya ötkazgan. Unga köra, kemalar guruhini boşqarayotgan Harry Truman aviataşuvçi kemasi ham hujumga uçragan.
Bir kun avval Yahyo Sariya Qizil dengizda AQŞ harbiy kemalariga navbatdagi hujum haqida xabar bergan edi. Uning sözlariga köra, Amerikaning Yamanga qarşi tajovuzi hamda Sano va Saadadagi tinç aholiga bergan ommaviy zarbalariga javoban dengiz kuçlari, raketa qöşinlari va uçuvçisiz tizim qöşinlari Qizil dengizdagi AQŞning bir neça harbiy kemalariga, jumladan, Harry Truman aviataşuvçi kemasiga uçuvçisiz uçoqlar, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum qilgan.
23 mart kuni AQŞ harbiy-havo kuçlari qiruvçi samolyotlari Yaman poytaxti Sano ğarbidagi Asr hududidagi «Ansor Alloh» harbiy bazasiga ikkita havo hujumi uyuştirdi.
Şu kuni AQŞ Yamanning Al-Hodeyda viloyatidagi husiyçilar tarafdorlari foydalanadigan Salif portiga zarba bergani xabar qilingan edi.












