Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda o‘tgan yil davomida hokimlar chiqargan qarorlarning 60 tasi bekor qilingan
Samarqandda o‘tgan yil davomida hokimlar chiqargan qarorlarning 60 tasi bekor qilingan. Bu haqda viloyat hokimiyati va adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan seminarda aytildi. Ma'lum bo‘lishicha, o‘tgan yil davomida 186 ta qaror va farmoyishlar huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari tomonidan haqiqiy emas deb topilgan.
186 ta hujjatning 28 tasi fuqarolik sudlari, 29 tasi ma'muriy sudlar va 129 tasi prokuratura tomonidan bekor qilingan. Haqiqiy emas deb topilgan 60 ta hokim qaroridan aksari yer olish va berish bilan bog‘liq bo‘lgan.
29 mart kuni Oliy Sud raisi Kozim Komilov 2018 yil davomida ma'muriy sudlar tomonidan 685 ta hokim qarori bekor qilinganini aytib, bu juda katta raqam ekanini ta'kidlagandi. «Demak, biz nafaqat fuqarolarning, balki rahbarlik lavozimida ishlayotganlarning ham huquqiy savodxonligini oshirishimiz, ularni o‘qitishimiz kerak ekan», - degandi bu haqda gapirar ekan Oliy Sud raisi.
Mavzuga oid
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:09 / 23.12.2025
Samarqandda ikki sud raisi ishdan olindi
21:42 / 21.12.2025