O‘zbekiston | 14:04 / 11.07.2019
38008
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya endi litsenziya berish huquqiga ham ega bo‘ldi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar qo‘riqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga o‘tganligi bois ba'zi obektlarni qo‘riqlashga Milliy gvardiya organlari mas'ul ekanligini nazarda tutadi.

Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlash shular jumlasidandir.

Shuningdek, ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi. 

Ilgari Ichki ishlar vazirligi tomonidan litsenziyalangan.

Bundan oldin, Milliy gvardiyaga yangi vakolat berilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid