Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Farg‘ona vodiysida yangi gaz koni ochildi
Farg‘ona vodiysida «Chaqar» yangi gaz koni ochildi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.
«Chaqar» koni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida joylashgan. Shu yilning mart oyida mutaxassislar 2-quduqda burg‘ilash ishlarini boshlagandi.
10 iyul kuni esa 1710 metr chuqurlikda dastlabki tabiiy gaz oqimi olingan. Uning debiti bir kunga 300 ming kubometrgacha baholanmoqda.
Yaqin vaqtlar ichida gaz kondensatini o‘rganish, tarkibiy qismlarning parametrlarini aniqlashtirish, shuningdek yana ikkita quduqni burg‘ilash ishlarini boshlash rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
08:45 / 23.05.2026
Yer masalasidagi korrupsion tarmoq fosh bo‘ldi
16:12 / 20.03.2026
Tramp Eronga eng yirik gaz konini yo‘q qilish bilan tahdid soldi
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
13:13 / 30.12.2025