Jamiyat | 07:27 / 11.07.2019
3855
2 daqiqa o‘qiladi

Yashirincha olib kirishga urinilgan 51,1 mln so‘mlik mahsulot to‘xtatib qolindi

Ayrim fuqarolar tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan, ammo bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan alkogolli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini respublikamizga noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinishlar uchramoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan shu turdagi bir nechta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizga kirib kelgan poyezd yo‘lovchisi Yu.A.ning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yuklar orasida umumiy qiymati 10,5 million so‘mlik salkam 300 dona 170 litrdan ortiq ichimliklar borligini aniqlandi.

Shuningdek, “Olmaota-Nukus” yo‘nalishi bilan kirib kelgan poyezd yo‘lovchilaridan B.M. va K.O.ning yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada ushbu shaxslarning yuklari orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan salkam 13 ming dona elektron sigaretlar va boshqa mahsulotlar borligi ma'lum bo‘ldi. Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati 51,1 mln. so‘mni tashkil etar ekan.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid