Sport | 21:20 / 12.07.2019
2662
1 daqiqa o‘qiladi

Universiada-2019. O‘zbekistonlik taekvondochi finalga chiqdi

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada-2019 o‘yinlari davom etmoqda.

12 iyul kungi bahslar ham O‘zbekiston vakillari uchun muvaffaqiyatli kechdi. Taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Niyoz Po‘latov universiadaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Dastlabki janglarda xorvatiya va italiyalik tayekvondochilarni mag‘lub etgan o‘zbekistonlik sportchi chorak finalda turkiyalik Merkan Dolmakdan ustun keldi. 

U yarim finalda xitoylik Vu Yichaoga qarshi bahs olib borib, 5:3 hisobida hisobida zafar quchdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Endi Niyoz Po‘latov hal qiluvchi bahsda eronlik Soroush Ahmedga qarshi dayanga chiqadi. 

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid