Sport | 23:22 / 14.07.2019
3576
2 daqiqa o‘qiladi

Formula-1: Hemilton Britaniyadagi bosqichda rekord sonda zafar quchdi

“Mersedes” jamoasi poygachisi Lyuis Xemilton “Formula-1” avtopoygasining 10-bosqichi – Britaniya Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi. 

Marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib Hemiltonning jamoadoshi Valtteri Bottas kesib o‘tdi. 3-o‘rinni “Ferrari” a'zosi Sharl Lekler egalladi. “Ferrari”ning yana bir a'zosi Sebastyan Fettel “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen bilan to‘qnashuv uchun 10 soniyalik jarima bilan jazolangan va poyga natijasiga ko‘ra 16-o‘rin, Ferstappen esa 5-o‘rin egallagan.

Umumiy hisobda 223 ochko bilan Hemilton peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rinni Bottas (184 ochko), 3-o‘rinni Ferstappen (136) egallamoqda.

E'tiborlisi, Hemilton Britaniya bosqichini faoliyatida 6 marta yutdi va bu natija rekord ko‘rsatkich bo‘ldi. Avvalroq ushbu bosqichda 5 martadan shotlandiyalik Jim Klark va fransuz Alen Prost g‘alaba qozongan. 

Poyganing keyingi bosqichi 26-28 iyul kunlari Germaniyada bo‘lib o‘tadi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid