DXX raisi O‘FA prezidentligiga saylandi
Bugun, 15 iyul kuni Toshkentdagi Radisson BLU mehmonxonasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tribuna.uz muxbiri xabar berishicha, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi.
U 2018 yil yanvaridan buyon rasman O‘FA rahbari lavozimini egallab kelgan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov o‘rnini egalladi. U endi bir vaqtning o‘zida ham DXX, ham O‘FAga rahbarlik qiladi.
Konferensiyada O‘FA prezidentidan tashqari vitse-prezidentlar va tashkilot Ijroiya qo‘mitasi a'zolari ham saylandi.
Unga ko‘ra, taniqli hakam Ravshan Ermatov va Ichki ishlar vazirining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev vitse-prezident lavozimlarini egallagani tasdiqlandi. Ular 14 iyun kuni O‘FAning navbatdan tashqari yig‘ilishida vaqtincha vitse-prezident etib saylangan edi.
Ma'lumot uchun, Abdusalom Azizov avval ham futbol federatsiyasida ishlagan, u 2008-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lganida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti edi.
General-leytenant Abdusalom Abdumavlonovich Azizov 2019 yilning fevralidan buyon Davlat xavfsizlik xizmati raisi hisoblanadi.
Abdusalom Azizov 1960 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-2006 yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2006-2006 yillarda «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi raisi, 2006-2008 yillarda «O‘zneftmahsulot» aksiyadorlik jamiyati raisi, 2008-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009-2017 yillarda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017 yil yanvaridan 2017 yil sentyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, 2017 yil sentyabridan 2019 yil yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri bo‘lgan.
YouTube
Tas-IX
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

19:43 / 21.01.2025
Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi

19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi

15:44 / 24.11.2024
Abdusalom Azizov DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi

22:43 / 23.11.2024