Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rais tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda. 

Ixtiyor Abdullayev 
Foto: KUN.UZ

Özbekiston prezidenti matbuot xizmatining aniqlik kiritişiça, Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimida işlab kelgan Ixtiyor Abdullayev soğligi yomonlaşgani tufayli öz arizasiga binoan (keyingi bir yilda böyin va bel umurtqa poğonasida ikki marta oğir jarrohlik amaliyotini ötkazgan) lavozimidan ozod etilgan. 

Ixtiyor Abdullayev 1966 yilda 22 may kuni Farğona viloyatining Uçköprik tumanida tuğilgan. 2015 yil 21 apreldan 2018 yil 31 yanvarga qadar Özbekiston boş prokurori lavozimida bölgan. 2018 yil 31 yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.

Öz navbatida, general-leytenant Abdusalom Abdumavlonoviç Azizov Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.

Abdusalom Abdumavlonoviç Azizov
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

U avvalroq öz lavozimidan ozod etilgan Ixtiyor Abdullayev örnini egalladi. Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Qurolli Kuçlar akademiyasida ötkazilgan yiğiliş vaqtida bu haqda ma'lumot bergan.

Abdusalom Azizov  1960 yil 20 yanvar kuni Toşkent şahrida tuğilgan. 2005-2006 yillar- Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi boşliği, 2006-2006 yillar - „Özbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi raisi, 2006-2008 yillar - „Özneftmahsulot“ aksiyadorlik jamiyati raisi, 2008-2009 yillar - Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining birinçi örinbosari, Özbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009-2017 yillar— Jizzax viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği, 2017-2017 yillar— Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri, 2017 yil 4 sentyabrdan — Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.