Sport | 09:20 / 17.07.2019
4486
1 daqiqa o‘qiladi

Zeyedorf Kamerun milliy jamoasi bosh murabbiyligidan bo‘shatildi

Foto: AFP

Kamerun milliy jamoasi bosh murabbiyi Klarens Zeyedorf iste’foga chiqarildi.

Niderland mutaxassisining ishdan ketishiga jamoaning Afrika millatlari kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabab bo‘ldi. Kamerunliklar nimchorak finalda Nigeriyaga yutqazib (2:3) musobaqani tark etishgan edi.

Ushbu omadsizlikdan so‘ng Zeyedorf Kamerun sport vaziri Narsis Muel Kombi tomonidan tanqidga uchradi, hukumat vakili mamlakat futbol assotsiatsiyasidan murabbiyni iste’foga chiqarishni so‘radi.

Klarens bu lavozimda 2018 yil avgustidan buyon ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid