Niderlandiyalik mutaxassis Klarens Zeyedorf Kamerun terma jamoasini boşqaradi.

Unga yana bir niderlandiyalik sobiq futbolçi Patrik Klyuyvert yordamçilik qiladi.

Hozirça kelişuvning moliyaviy jihatlari oşkor etilmagan.

Ayni vaqtda 42 yoşda bölgan Zeyedorf murabbiylik faoliyati davomida «Milan», «Şençjen» va «Deportivo» klublarida işladi. Ammo u bu klublardan birontasida 6 oydan ortiq vaqt qolgani yöq.

Kamerun terma jamoasi boşqaruvida Zeyedorf Ugo Brosni almaştirdi, uşbu mutaxassis terma jamoa bilan Afrika Millatlar Kubogida ğalaba qozongandi.