Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada zaharlangan o‘zbekistonlik migrantlar soni 68 kishiga yetdi
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, Samara viloyatida joylashgan «Koshelevskiy posad» korxonasida ishlaydigan 68 nafar O‘zbekiston fuqarosi «noma'lum moddadan zaharlanish» tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Korxona rahbariyati bergan ma'lumotga ko‘ra, ularning barchasi qonuniy ravishda ishlaydi va mehnat shartnomasiga ega. Ish beruvchi Bosh konsulxonaga O‘zbekiston fuqarolarini davolash bilan bog‘liq barcha moliyaviy xarajatlar korxona hisobidan qoplanishini ma'lum qilgan.
Mazkur korxona va hamyurtlarimiz davolanayotgan tibbiyot muassasalari rahbariyati bilan aloqa o‘rnatilgan hamda vaziyat nazoratga olingan.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm o‘lkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.
Bundan oldin, Rossiyaning Samara oblastida 46 nafar o‘zbekistonlik zaharlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:05 / 25.10.2025
Samarada qiyin ahvolga tushgan ona va yetti nafar voyaga yetmagan farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025
AQShda o‘n minglab migrantlarning himoya maqomini bekor qilishga ruxsat berildi
20:33 / 13.08.2025