Boş konsulxona ma’lumotiga köra, Samara viloyati içki işlar organlari xodimlari N.T. va uning farzandlarini şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar yöqligi sababli politsiya bölimiga olib borgan. Keyinçalik N.T. Samara viloyatidagi çet el fuqarolarini vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirilgan, bolalar esa voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtinça saqlaş markaziga ötkazilib, Samara şahrining homiylik va vasiylik organlariga topşirilgan.
Diplomatlar va Samara viloyatining vakolatli idoralari örtasida ötkazilgan muzokaralar natijasida ularni Özbekistonga qaytariş böyiça kelişuvga erişildi.
N.T. va farzandlari Samara—Toşkent yönalişidagi aviaqatnov orqali salomat holda Özbekistonga yetib keldi.













