Jamiyat | 22:54 / 20.07.2019
63435
1 daqiqa o‘qiladi

Buxorodan o‘tgan gaz quvurida yong‘in yuzaga keldi

Internetda Buxoro viloyatida 20 iyul kuni kuzatilgan katta yong‘in videolari va suratlari tarqaldi.

Yorqin alanga qariyb bir soatdan beri yog‘du taratib turibdi. Kun.uz surishtiruviga ko‘ra, Shofirkon tumanining cho‘lli zonasidan o‘tgan gaz quvurida avariya sodir bo‘lib, tabiiy gaz yonmoqda. 

Hozircha bu borada biror rasmiy ma'lumot e'lon qilinmadi. «O‘ztransgaz» AJdagi manba gaz quvurida yong‘in kelib chiqqanini inkor etmagan, faqat hech qanday portlash yuz bermagani, shunchaki gaz sizib chiqib alanga olganini, vahima uchun asos yo‘qligini ma'lum qilgan.

Kun.uz mazkur voqea yuzasidan rasmiylarga murojaat qildi, tez orada rasmiy axborot berilishi kutilmoqda.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid