Ispaniya Futbol Federatsiyasi «Barselona» va Grizmann ustidan ish ochdi
Ispaniya Qirolligi Futbol Federatsiyasi (RFEF) «Barselona» va Grizmann ustidan «Atletiko» klubining shikoyati bo‘yicha ish ochdi, deb xabar beradi AS.
Avvalroq kataloniyaliklar fransiyalik futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 120 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lab, uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishgan edi.
Biroq «Atletiko» bundan qoniqmayapti va «Barselona»dan yana 80 million yevro talab qilyapti. Madridliklar fikriga ko‘ra, Kataloniya klubi Grizmann bilan mart oyida xufyona kelishib olgan. O‘sha vaqtda esa futbolchining tovon puli miqdori 200 million yevroni tashkil qilgan.
«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso «Barselona» va Grizmann tomonidan transfer qoidalari buzilgan deb hisoblamoqda va shikoyat jo‘natgan.
Endi RFEF bu ish bo‘yicha surishtiruv o‘tkazadi.
Mavzuga oid
11:50 / 24.11.2024
«Siti» yana 4 ta gol o‘tkazdi, «Barsa» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024