Chovusho‘g‘li: Turkiyani NATOdan chiqarib tashlash imkonsiz
Turkiya NATO a'zosi bo‘lib qoladi, ammo shu bilan birga boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish huquqiga ega, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li.
"Turkiyaning NATOdan chiqarib tashlash imkonsiz, alyansda qaror bir ovozdan qabul qilinadi, bittagina davlat qarshi bo‘lsa ham qaror qabul qilinmaydi. Biz 50 yildan ortiq vaqtdan buyon NATOga a'zomiz va a'zo bo‘lishda davom etamiz. Ammo shu bilan birga biz hech kimga qaram emasmiz. Turkiya butun dunyo uchun ochiq. Manfaatlarimiz qayerda bo‘lsa, o‘sha yerga boramiz va bunga hech kim xalaqit berolmaydi", - dedi Chovusho‘g‘li TGRT telekanali orqali chiqishida.
Turkiya YeIga kirishni istasa-da, uning eshiklari ortida bir umr kutib turmaydi, deb qo‘shib qo‘ydi u.
Mavzuga oid
23:15 / 27.09.2024
Finlandiya Rossiya bilan chegaraga NATO shtabini joylashtiradi
20:30 / 26.09.2024
NATO ehtimoliy uchinchi jahon urushiga rejalar tayyorlamoqda
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
15:30 / 20.09.2024