Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Navoiy KMK» negizida uran qazib olish korxonalari tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Yer qa'rini geologik jihatdan o‘rganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
“Navoiy KMK” DK, uning negizida tashkil etiladigan uranni qazib olish va qayta ishlash korxonalari, shuningdek, “Olmaliq KMK” AJ resurs bazasiga kiruvchi muayyan geologiya obektlari alohida ajratiladi, ushbu resurs bazasiga kiritilmagan boshqa geologik obektlar va Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yangidan aniqlanadigan foydali qazilma konlari va istiqbolli maydonlar salohiyatli investorlarga beriladi;
Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda, keyinchalik ushbu ma'lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirish va boshqa qulay rasmiy vositalar bilan, shu jumladan, salohiyatli investorlarni jalb qilish uchun biznes tadbirlarda ishtirok etish hamda chet ellarda “road-show”lar o‘tkazish orqali tarqatish maqsadida, tizimli ravishda, biroq bir yilda kamida bir marta istiqbolli maydonlarda foydali qazilmalarni aniqlash va qidirish, shuningdek, konlarda foydali qazilmalar qazib olishni tashkillashtirish bo‘yicha investitsiyaviy takliflar portfelini shakllantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qiladi:
a) “Navoiy KMK” DK, uning negizida tashkil etiladigan uranni qazib olish va qayta ishlash korxonalari, shuningdek, “Olmaliq KMK” AJ resurs bazasiga biriktiriladigan geologiya obektlari ro‘yxatini tasdiqlash;
b) quyidagilarni nazarda tutgan holda strategik muhim turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish tartibini takomillashtirish:
strategik muhim turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish tartibini, shu jumladan, tegishli hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va vakolatli organlar bilan kelishishda bir-birini takrorlovchi bosqichlarni qisqartirish orqali soddalashtirish;
strategik muhim turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni o‘ttiz ish kundan oshmagan muddatda berish.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026