Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» futbolchisi «Arsenal»ga o‘tdi
«Real» yarimhimoyachisi Dani Sebalos yangi mavsumni «Arsenal»da ijara asosida o‘tkazadi.
Londonliklar ispaniyalik havbekni bir mavsum uchun ijaraga olishgan.
Futbolchi yangi klubida 8 raqamli futbolkada to‘p suradi.
«Dani safimizga qo‘shilganidan xursandmiz. U iste'dodli, yaxshi texnikaga ega bo‘lgan kreativ futbolchi», – degan «kanonirlar» ustozi Unai Emeri yangi transfer haqida.
«Real» Sebalosni 2016 yil yozida, Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida Yevropa chempionatidagi yorqin o‘yinlaridan keyin «Betis»dan sotib olgandi.
22 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda «Real» safida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol urgan va 2 golga uzatma bergan. Uning madridliklar klubi bilan shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan.
Mavzuga oid
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026