Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliq tumanida ichki ishlar organlari xizmatlari kuchaytiriladi
Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurayotgan ko‘p sonli fuqarolarni mazmunli hordiq olishlari uchun har tomonlama xavfsizlikni ta'minlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida qo‘shimcha ichki ishlar organlari xizmatlarini kuchaytiradi. Bu haqda viloyat IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tumanga eltuvchi yo‘llar, dam olish maskanlari va chorbog‘ zonasining markaziy qismlariga qo‘shimcha shaxsiy tarkib biriktirilib, kunduzgi va tungi vaqtlarda fuqarolar xavfsizligi uchun xizmat ko‘satish sifati oshiriladi.
“Bo‘stonliq tumanida ichki ishlar organlari xizmatlarining kuchaytirilishi, tashrif buyurayotgan ko‘p sonli mehmonlarni tinchlik va xavfsizlikda, mazmunli hordiq olishlari hamda ularning murojaatlari bo‘yicha joyida tezkor va manzilli yechim topishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:10 / 26.03.2026
Bo‘stonliqda ikki kishi mushuklarni qiynab o‘ldirdi
23:25 / 22.03.2026
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
10:58 / 20.01.2026
Bo‘stonliqda sayrga chiqqan fuqaro tog‘da yo‘ldan adashib qoldi
20:49 / 02.01.2026