Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Samarqand shahrini «turistik xab»ga aylantirishga ko‘rsatma berdi
Samarqand tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, fermer va tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Davlat rahbari mazkur viloyatga safardan asosiy maqsad turizmni rivojlantirish, tadbirkorlik va qayta ishlashni kengaytirish ekanini ta'kidladi. Xususan, Samarqand shahrini «turistik xab»ga aylantirish zarurligini aytib, Bosh vazir o‘rinbosari va viloyat hokimiga shu yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 23 iyulda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan tizim asosida ishlab, muhitni o‘zgartirish, tadbirkorlarga hamma sharoitni yaratib berish zarurligi qayd etildi.
Prezident hokimlar va sektorlar rahbarlari bilan suhbatlashib, har bir tuman iqtisodiyotini alohida muhokama qildi. Ularning takliflarini amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026