Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda portlash. Vitse-prezidentlikka nomzod yaralandi, 2 kishi halok bo‘ldi
28 iyul kuni Afg‘oniston poytaxti Kobulda kuchli portlash sodir etildi. Buning natijasida prezident Ashraf G‘anining prezidentlik uchun saylovoldi kampaniyasidagi safdoshi yaralangan va 2 kishining umriga zomin bo‘lgan. Bu haqda Reuters agentligi rasmiylarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Tolibon harakati va AQSh diplomatlari o‘rtasida tinchlik muzokaralari qayta tiklanishi kutilayotgan vaqtda sodir etilgan hodisa uchun javobgarlikni hech kim zimmasiga olmagan.
Shu bilan birga, portlash yana 25 fuqaroning jarohatlanishiga ham sabab bo‘lgan, degan IIV rasmiy vakili Nasrat Rahimi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, portlashdan zum o‘tmay, qurollangan shaxslar vitse-prezidentlikka nomzod Amrulloh Solihning Afghan Green Trend Party binosini o‘qqa tutgan. Solih binodan qutqarilguncha yaralangan.
Afg‘on harbiylari bir qurollangan kishini o‘ldirgan, xabar e'lon qilingan vaqtda, afg‘on kuchlari 4 qavatli binoda qolgan yana ikki kishi bilan kurashayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:10
AQShning Eronga yangi hujumlari mintaqada keskinlikni yanada oshirdi
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
14:26 / 05.07.2026