Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qanday ishdan miya hajmi qisqaradi – olimlar aniqlik kiritishdi
Olimlar qaysi kasb inson boshmiyasi tuzilishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, har kuni o‘xshash vazifalarni bajarish miyaning bir hududini kengaytirsa, boshqasini siqib qo‘yadi.
Shunga binoan, ekspertlar ayrim kasblarning inson miyasiga ta'sirini o‘rganishdi. Masalan, 2013 yili olimlar mikrogravitatsiya fazogirlar miyasining tuzilishiga ta'sirini aniqlashgan. Aniqlanishicha, kosmonavtlar miyasining kulrang moddasi hajmi 3 foizga kamaygan, oq modda tarkibi ham ozaygan.
Bundan tashqari, olimlar taksichilarning miyasini ham o‘rganishgan va u kamroq ekstremal turdagi ishlarda ham o‘zgaruvchan ekaniga oydinlik kiritishgan.
Tadqiqotchilarning taksichilar gippokampi, ya'ni miyaning qisqa muddatli xotiraning uzoqmuddatli aylanishiga mas'ul qismi atrof-muhitga doir axborotni boshqa insonlarnikiga qaraganda ko‘proq qayta ishlaydi. Taksichilar yuzlab yo‘nalishlarni yodlab qolishi zarur bo‘lgani bois, ularning kulrang moddasi hajmi kengayadi. Biroq, ular navigatordan foydalana boshlasa, kulrang modda hajmi, aksincha, kamayadi.
Olimlarning yana bir kashfiyotiga muvofiq, miyaning ayrim hududlari professional shaxmatchilarda kichrayadi. Ya'ni bir-biriga nisbatan turgan obektlarni tasavvur qilishda ishtirok etuvchi kulrang modda hajmi ozayadi.
Mavzuga oid
13:35 / 27.03.2025
Olimlar inson qanday qarishini yangicha usulda o‘rgana boshladi
10:30 / 10.03.2025
Oqilona ekologik siyosat tufayli Antarktika ustidagi ozon qatlami tiklandi - olimlar
16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot
12:22 / 05.03.2025