Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropadagi jazirama Grenlandiya muzliklarini eritib yuborishi mumkin
Jahon meteorolog va iqlimshunoslari Yevropada kuzatilayotgan bu yilgi anomal jazirama Grenlandiya muzliklari erib ketishiga va muz muhofaza qalqoni yo‘qolishiga olib kelishidan tashvish bildirmoqda.
Shimoliy Afrikadan Yevropaga kirib kelgan isssiq siklon, endilikda, Grenlandiya tomon harakatlanmoqda, deb yozmoqda Reuters agentligi.
«Kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, bu bizning xavotirlarimizga sabab bo‘lmoqda. Havo oqimi bu issiqni Grenlandiyaga olib boradi», - degan Butunjahon meteorologiya tashkiloti matbuot kotibi Kler Nullis BMTning Jyenevada bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingida.
Nullisning fikricha, bu Grenlandiyada 2012 yilda kuzatilganidek, muzlarning faol erishiga olib kelishi mumkin.
«Bu yuqori havo haroratiga olib keladi va natijada Grenlandiya muz qatlamlari erishining kuchayishiga zamin tug‘diradi. Biz, hozircha, uning 2012 yilgi darajaga chiqishini bilmaymiz, albatta», - degan Nullis.
Ma'lumotlarga ko‘ra, iyul oyidayoq muz muhofaza qalqoni 160 mlrd tonna muzdan mahrum bo‘lgan. Bu Olimpiya stadioni hajmidagi 64 millionta cho‘milish havzasiga teng.
Grenlandiya muz qo‘rg‘oni orolning 80 foizini egallaydi va bir necha ming yillar mobaynida qor qatlamlarining muzga aylanishi natijasida vujudga kelgan. Qayd etish joiz, Grenlandiya muz qoplami jahon iqlim tizimining muhim qismi hisoblanadi.
Muz gumbazi balandligi 3000 metrga yetadi, jami muz qoplamining hajmi taxminan 2,9 mln metr3ni tashkil etadi. U erisa, jahon dengiz sathini 7 metrga ko‘tarilishiga olib keladi. Grenlandiya muz qatlamining erishi katta iqlim o‘zgarishlariga olib keladi, chunki u Quyosh nurlarini koinotga qaytarish xususiyatiga ega.
Olimlarga ko‘ra, yana 1,5 yildan so‘ng, fojianing oldini olib bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
09:35 / 19.05.2026
Tramp Grenlandiyani egallash rejasidan voz kechmagan
08:56 / 18.05.2026
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
09:30 / 10.04.2026
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
22:10 / 31.03.2026