Jahon | 21:10 / 29.07.2019
17751
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Toqayev bilan uchrashdi

Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev bilan uchrashdi. Bu haqda Elbasy.kz xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, uchrashuv vaqtida tomonlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni, shuningdek oldinda turgan ishlar rejasini muhokama qilishgan.

Uchrashuvda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va fuqarolik institutlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 19 mart kuni Qozog‘istonga qariyb 30 yil prezidentlik qilgan Nursulton Nazarboyev jonli efirda mamlakat aholisiga murojaat qilib, iste'foga chiqishini e'lon qilgandi.

Uning o‘rniga Senat raisi Qosim-Jo‘mart Toqayev prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi. 9 aprel kuni mamlakatda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilindi va 12 iyun kuni o‘tkazilgan saylovlarda Toqayev saylovchilarning 70,76 foiz ovozini olgan holda mamlakatning yangi prezidentiga aylandi. Uning hokimiyatga kelishi Qozog‘istonning asosiy shaharlaridagi norozilik namoyishlari bilan birga kechdi.

Mavzuga oid