O‘zbekiston | 14:41 / 31.07.2019
11729
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov 1 avgust kuni Bishkekka tashrif buyuradi

Muhammadkali Abilg‘oziyev va Abdulla Aripov / Foto: gov.kg

 

2019 yil 1 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadkali Abilg‘oziyev bilan uchrashadi.

Tomonlar ikki mamlakat Davlat rahbarlari uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati, ularni to‘liq ro‘yobga chiqarishning muhim jihatlarini muhokama qiladi.

Shuningdek, Hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishlarida belgilab olingan vazifalarni amalga oshirish, Hukumatlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘izistonga tashrifi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuv ham rejalashtirilgan.

Bundan oldinroq, Abdulla Aripov Xitoyga tashrif buyurishi kutilayotgani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid