Jahon | 00:53 / 31.07.2019
4589
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR-AQSh muzokaralari tez orada boshlanadi – OAV

Foto: Wikipedia

Shimoliy Koreya rasmiysi Oq uy Milliy xavfsizlik konsulidagi hamkasbiga, KXDRning yadrosizlanishiga doir muzokaralarni tiklash bo‘yicha ishchi guruhlar muloqoti tez orada boshlanishini bildirgan. Bu haqda AQSh ma'muriyati yuqori lavozimli mulozimi, ma'lum qildi, deya xabar qilmoqda Reuters.

AQSh rasmiysi ushbu mintaqada bu masalaga doir bo‘lmagan muzokaralar o‘tkazgan va Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasidagi harbiylardan xoli hududga ham borgan. 30 iyun kuni bu yerda KXDR yetakchisi Kim Jon In va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Tramp, AQShning KXDR hududiga o‘tgan ilk rahbari sifatida tarixga muhrlangandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid