Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi ushlandi
Joriy yilning 30 iyun kuni 05:25larda noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani hududidan o‘tuvchi “Nukus-Aqmang‘it-Kegeyli” yo‘lida haydab ketayotib piyoda, Nukus tumanida yashagan 35 yoshli J.B.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada piyoda J.B. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 1 iyul kuni vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Nukus tumanida yashovchi 34 yoshli T.A. “VAZ-2101” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
“O‘z o‘rnida, ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga ma'lumot bergan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026