Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti sanasi ma'lum qilindi
Joriy yil Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti namozi 11 avgust kuni o‘qilishi belgilanmoqda.
Arab nashrlarida xabar qilinishicha, Saudiyadagi Tumayr observatoriyasida Islom qamariy kalendari so‘nggi 30 kunligi — Zulhijja oyi kuzatilgan va juma, 2 avgust kuni Zulhijjaning birinchi kuni etib e'lon qilindi.
Shunga muvofiq, 10 avgust kuni Haj yakuni hamda Arofat kuni belgilandi. 11 avgust kuni Qurbon hayit ibodati ado etilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston hududida Qurbon hayiti kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli kuzatuvlaridan so‘ng, Prezident farmoniga muvofiq tasdiqlanadi. 2018 yili Qurbon hayitining birinchi uch kuni O‘zbekistonda milliy bayram sifatida keng nishonlangan.
Mavzuga oid
22:53 / 27.01.2026
Saudiya Arabistoni ulkan Mukaab kubi loyihasini muzlatib qo‘ydi – OAV
14:20 / 24.01.2026
O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining yangi elchisi ish boshladi
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026