Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQSh Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish masalasini muhokama qildi
Foto: Livejournal
2019 yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov AQSh Davlat departamentining Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam berish bo‘yicha koordinatori Jyeyms Kulikovski bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston - AQSh aloqalarining yuqori sur'atda ekanligi va 16-23 iyul kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga amalga oshirgan tashrifining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Ta'kidlanganidek, mazkur tashrif yakunlari turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarini yanada rivojlantirishning amaliy masalalarini ko‘rib chiqishga imkon berdi.
Shuningdek, iqtisodiy va texnologik modernizatsiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta'lim, sud-huquq va boshqa sohalarda hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi doirasida moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali Orol ekologik fojiasi oqibatlarini yumshatishda hamkorlik qilish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
01:00
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:07 / 24.01.2026